18:35 / 13.08.2020
3 310

Kredit qarzdorliklarini to‘lamaganlarning mulklari xatlanmoqda

Kredit qarzdorliklarini to‘lamaganlarning mulklari xatlanmoqda
Majburiy ijro byurosi sud qarorlarini ijro etish doirasida banklar foydasiga kredit qarzdorliklarini ham undiradi. Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi orrganlarida bu borada samarali ish faoliyati tashkil qilingan. Qarzdorliklar belgilangan muddatlarda undirilib, to‘lamagan qarzdorlarga nisbatan choradar ko‘rilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 10 avgust kuni Byuroning Karshi shaxar bo‘limi tomonidan karzdor M.Q. xisobidan AT Aloqabank Qashqadaryo filiali foydasiga undirilishi belgilangan 30 mln kredit karzdorligi to‘lik undirildi.

Shuningdek, Byuroning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan qarzdor Yo‘lchi MCHJning ATB Qishloqqurilishbank Yakkabog‘ filiali foydasiga 127 mln 283 ming kredit qarzdorligi evaziga ma’muriy binosi xatlab olindi.

Shuningdek, joriy yilning 26 iyun kunidagi Koson tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan “Istiqlol” xususiy savdo ishlab chiqarish korxonasidan AT Xalqbankning Muborak filiali foydasiga 1.048.300.000 undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmagach, korxonaning garov mulki hisoblangan Koson tumanida joylashgan savdo do‘koni va korxona binosi xatlab olindi.
Kredit qarzdorliklarini undirish ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzdorliklarini to‘lamaganlarning mulklari xatlanmoqda