23:00 / 13.08.2020
3 033

Mashina oynasidan uloqtirilgan o‘ramda salkam 751 gr. gashish borligi aniqlandi

Mashina oynasidan uloqtirilgan o‘ramda salkam 751 gr. gashish borligi aniqlandi
Respublikamiz bojxonachilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh qilishdi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Bekobod tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.S. boshqaruvidagi VAZ-2106 rusumli avtoulov kuzatuvga olinadi.

Kuzatuv davomida mazkur avtotransport vositasi to‘xtaydi va mashinaning old o‘rindig‘ida o‘tirgan fuqaro K.R. mashinadan tushib, yo‘l chetida yotgan qora rangdagi polietillen o‘ramni oladi hamda mashinada harakatlanishda davom etadi.

Shundan so‘ng bojxona xodimlari tomonidan kuzatuvga olinganini sezib qolgan ushbu shaxs zudlik bilan qo‘lidagi o‘ramni mashina oynasidan tashqariga uloqtiradi. Tezkor tadbir davomida ushbu shaxs qo‘lga olindi va uloqtirilgan o‘ram voqea joyidan topiladi.

Mazkur o‘ram xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida esa undagi modda ekspertlarning xulosasiga binoan, sof vazni 750,95 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashina oynasidan uloqtirilgan o‘ramda salkam 751 gr. gashish borligi aniqlandi