07:37 / 14.08.2020
2 629

Qashqadaryoda o‘z xonadonida 17 tup kannabis o‘stirayotganlar aniqlandi

Qashqadaryoda o‘z xonadonida 17 tup kannabis o‘stirayotganlar aniqlandi
Respublikamiz bojxonachilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini fosh qilishdi.
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda “Koradori 2020” keng qamrovli tezkor tadbirlarining navbatdagi bosqichida bir qator qonunbuzarliklar fosh etildi.

Jumladan, Kitob tumanida fuqaro N.Sh.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, tomorqadagi anor daraxti ostida 15 tup kannabis o‘stirilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, xonadonda yana 2 tup shu turdagi giyoxvand o‘simlik quritilgan holda saqlanayotganligi ham fosh bo‘ldi.

Shu tariqa jami sof og‘irligi 31 kg. 500 gr. kannabis va 110 gr. marixuana giyohvand moddasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Bojxonachilar va ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda mazkur tumanda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida fuqaro X.Ya.ning qonunga zid xatti-harakatlari chippakka chiqdi.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirish davomida ushbu shaxs o‘z hovlisida og‘irli 5 kg. ni tashkil qiluvchi 3 tup kannabis parvarishlayotgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda o‘z xonadonida 17 tup kannabis o‘stirayotganlar aniqlandi