22:30 / 15.08.2020
3 936

Garovdagi hovli sotildi

Garovdagi hovli sotildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 11.11.2019 yildagi 2-1004-1911/26643-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “NEW INVEST STAR” va “EURO CARV” MCHJlardan solidar tartibda undiruvchi TIF “Milliy bank” Yangiobod filiali foydasiga 2 mlrd. 191 mln. 031 ming so‘m kredit qarzini undirish va undiruvni taraflar o‘rtasida garovga qo‘yilgan qo‘shimcha javobgar Tadjibayeva Tabassum Nosirovnaga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Beshtut MFY, Chorbog‘ qo‘rg‘oni, “Chorbog‘ go‘zal bog‘i” BUSHda joylashgan “dala hovli”ga hamda qo‘shimcha javobgar “EURO CARV” MCHJga tegishli bo‘lgan 11 dona mikrokalsit va granula ishlab chiqarish usukunalariga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 23.05.2020 yilda kelib tushgan va qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli qo‘shimcha qarzdorga tegishli bo‘lgan garovdagi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Beshtut MFY, Chorbog‘ qo‘rg‘oni, “Chorbog‘ go‘zal bog‘i” BUSHda joylashgan

“Dala hovli” davlat ijrochisi tomonidan 04.06.2020 yildagi dalolatnomaga asosan xatlangan va band solingan.
Qarzdor tomonidan ijro hujjati ijrosi taminlanmaganligi sababli 10.06.2020 yilda garov mulkni auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

O‘tkazilgan auksion savdolarida ijro hujjatidagi garov mulki 10.08.2020 yilda 1 mlrd. 721mln. 583 ming 171 so‘mga sotilgan va pul mablag‘i undiruvchi TIF “Milliy bank”ning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Qolgan qarzdorlikni undirish bo‘yicha hozirda majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Garovdagi hovli sotildi