15:00 / 16.08.2020
2 866

Mutaxassis miya qarishini sekinlashtiruvchi samarali tavsiyalar berdi

Mutaxassis miya qarishini sekinlashtiruvchi samarali tavsiyalar berdi
Foto: dailynews.ru
Shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov «Rossiya 1» telekanalida miya qarishini sekinlashtirishning samarali usullari haqida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, miya qarishini sekinlashtirish uchun ijtimoiy faol bo‘lish, hayotga qiziqish, qiziquvchan bo‘lish, ko‘p o‘qish va ko‘p o‘ylash kerak ekan.

Bundan tashqari, to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratish juda muhim. Masalan, ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalarga boy dengiz mahsulotlari bu jarayonning oldini olish uchun juda samaralidir.

Shuningdek, Myasnikovning fikricha, muntazam jismoniy faollik miya faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi va miya faoliyatini yaxshilaydi.
«Bunday muammo hozir nafaqat keksa avlod vakillari, balki stress ostida yashaydigan, kam harakat qiladigan va sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaydigan yoshlar orasida ham kuzatilmoqda[i][/i]», deydi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis miya qarishini sekinlashtiruvchi samarali tavsiyalar berdi