18:39 / 16.08.2020
2 717

«Mersedes Bens Vito»ga ortilgan televizorlar manzilga yetib bormadi

«Mersedes Bens Vito»ga ortilgan televizorlar manzilga yetib bormadi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi chegaraoldi hududlarda tovarlarning noqonuniy kirib kelishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda «Chimyon-Marg‘ilon» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.J. boshqaruvidagi «Mersedes Bens Vito» rusumli avtomashina Marg‘ilon shahri hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 67 million so‘mlik jami 61 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Shunga o‘xshash yana bir holatda, «Vodil-Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.K. boshqaruvidagi «Mersedes Bens Vito» rusumli avtomashina Farg‘ona tumani hududida to‘xtatilib, avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 44 million so‘mlik 64 dona choyshablar borligi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mersedes Bens Vito»ga ortilgan televizorlar manzilga yetib bormadi