17:04 / 17.08.2020
3 873

Quyonlar ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymoqda

Quyonlar ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymoqda
Buloqboshi tumanidagi «Badalovlar kelajagi — 2020» quyonchilik xo‘jaligining tashkil topganiga atigi ikki oy bo‘ldi, xolos. Shu qisqa vaqt katta imkoniyat eshiklarini ochdi. Dastlab Italiyadan 300 bosh naslli quyonlar olib kelindi. Ular qatoriga 100 bosh mahalliy quyon qo‘shildi. Buning uchun 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 3 oydan so‘ng ishchilar soni 100 nafardan ortishi ko‘zda tutilgan. Chunki bu paytga kelib quyonlar ko‘payishi evaziga ularning soni 4000 taga yetadi.

— Quyon go‘shti tarkibidagi oqsilning 90 foizi inson organizmi tomonidan to‘liq o‘zlashtiriladi,-deydi xo‘jalik rahbari Nasibaxon Badalova. — U, shuningdek, mineral tuzlarga, kalsiy va fosforga boy. Quyon go‘shti jigar, me’da, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, qandli diabet, allergiyasi bor insonlarga tavsiya etiladi.

Quyonlar uchun ozuqa xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarilmoqda. Bu esa mahsulot tannarxining arzonlashishiga sabab bo‘ladi. Terisidan eksportbop mahsulotlar tayyorlash maqsadida 25 ta tikuv mashinalaridan iborat sex tashkil etildi. Kelgusida 1 kg. jundan 2000 metr kalava ip ishlab chiqaradigan korxona, go‘sht saqlovchi omborxona va mahsulot sifatini nazorat qiluvchi laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Saminjon HUSANOV

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyonlar ham, ish o‘rinlari ham ko‘paymoqda