10:15 / 18.08.2020
4 492

Toshkentda YPX inspektori ishtirokida jiddiy YTH sodir bo‘ldi (video)

Toshkentda YPX inspektori ishtirokida jiddiy YTH sodir bo‘ldi (video)
Joriy yilning 10 avgust kuni soat 00:46 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Sag‘bon ko‘chasida 46 yoshli Sherzod B. «Nexia» rusumli avtomobil boshqaruvini yo‘qotib ikkita avtmobilga urildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

«Nexia» katta tezlikda kelib, Lacetti rusumli avtomobilga urilgan. Bu vaqtda Lacetti haydovchisi, 31 yoshli Dilshodbek I. bilan YHXB xodimi suhbat qilayotgan bo‘lgan, shuningdek yo‘l chetida turgan 29 yoshli Umidjon J.ga tegishli «Matiz» rusumli avtomobil ham shikastlangan.

YTH natijasida Lacetti avtomobili yonida turgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Sh.G‘ulomnazarov hamda Nexia rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli me’yoriy hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rilishi uchun Olmazor tumani prokuraturasiga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YPX inspektori ishtirokida jiddiy YTH sodir bo‘ldi (video)