19:13 / 18.08.2020
4 524

Immunitet yordam bermaydi. Unda koronavirusni qanday to‘xtatish mumkin?

Immunitet yordam bermaydi. Unda koronavirusni qanday to‘xtatish mumkin?
Foto: «Idominicana.com»
Jamoaviy immunitet COVID-19ni yengishga yordam bermaydi. Virus tarqalishini cheklovchi choralarni ko‘rish kerak, dedi brifingda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan.

«Ayni vaqtda biz — dunyo aholisi mazkur kasallikni to‘xtatishga imkon beradigan immunitet darajasiga hali yetisha olmadik. Shunday ekan, virus tarqalishini cheklash uchun zarur choralarni ko‘rishimiz zarur. Jamoaviy immunitet najotkorimiz bo‘ladi degan umidda yashamasligimiz kerak. Hozir bu yechim emas», — dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi. JSSTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 21,7 million kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, ulardan 770 ming nafari hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Immunitet yordam bermaydi. Unda koronavirusni qanday to‘xtatish mumkin?