18:45 / 18.08.2020
1 269

Qarzdorlik evaziga "Malibu" rusumli avtomashina sotildi

Qarzdorlik evaziga "Malibu" rusumli avtomashina sotildi
Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 25.11.2019 yilgi
4-1001-1917/9825-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor "SHOH-POLAN M" MCHJdan undiruvchi "NG LAB" MCHJ foydasiga 240 mln.559ming.824,66 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 09.12.2019 yilda kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi 137566-sonli qaror qabul qilingan.

Qarzdor tomonidan ijro hujjati talabi ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.
MIB-portal elektron dasturi orqali so‘rovnomalar yuborilgan va olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorning nomiga ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi aniqlangan.

Qarzdorga tegishli bo‘lgan 2012 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01/825VEA bo‘lgan “MALIBU” rusumli, va 2016 yilda ishlab chiqarilgan, davlat raqami 01/824VEA bo‘lgan “LACETTI 2” rusumli avtotransport vositalari xatlanib tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, realizatsiya qilingan.

Ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijrosi to‘liq taminlanganligi sababli ijro ish yurituvi tamomlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)