07:12 / 19.08.2020
2 650

Bojxonachilar Argentinada yetishtirilgan 200 million so‘mlik limonlarni to‘xtatib qolishdi

Bojxonachilar Argentinada yetishtirilgan 200 million so‘mlik limonlarni to‘xtatib qolishdi
Sifati kafolatlanmagan sitrus mevalarni yurtimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Namangan-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan fuqaro Sh.D. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida 220 dona qutiga joylangan umumiy qiymati 200 million so‘mlik Argentinada yetishtirilgan 3500 kilogramm limon sitrus mevalari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ushbu sitrus mevalar aslida fuqaro Yu.G‘.ga tegishli ekanligi va uning rejasi bo‘yicha olib kelinayotgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar Argentinada yetishtirilgan 200 million so‘mlik limonlarni to‘xtatib qolishdi