08:53 / 19.08.2020
3 103

Mutaxassis koronavirusga qachon qayta chalinish mumkinligini ma’lum qildi

Mutaxassis koronavirusga qachon qayta chalinish mumkinligini ma’lum qildi
Foto: AP
Koronavirusni boshdan o‘tkazgan odam unga 2-3 oydan keyin yana chalinishi mumkin. Bu haqda rossiyalik immunolog shifokor Nikolay Kryuchkov ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, hammasi organizmda koronavirusga qarshi antitanalar qancha vaqt yuqori darajada qolishiga bog‘liq. Misol uchun, koronavirusga chalingan ba’zi odamlarda antitanalar miqdori ular sog‘ayib ketgandan keyin tezda kamayishi mumkin.

“2-3 oy o‘tgach, antitanalar darajasi juda oz miqdorda bo‘ladi. Hozircha bu nima bilan bog‘langani noma’lum, chunki ko‘p odamlarda antitanalar ancha uzoq vaqt saqlanadi”, deb ta’kidlab o‘tgan Kryuchkov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, biror hududda koronavirusdan kasallanganlar ulushi ko‘p bo‘lsa, unda virusga chalinish ehtimoli oshadi.

Avvalroq rossiyalik yana bir olim Anatoliy Alshteyn koronavirusning ikkinchi to‘lqini agar unga gripp qo‘shilmasa, ancha yengil o‘tishini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, hozirda koronavirusga qarshi immunitet shakllangan odamlar qatlami mavjud. Shuningdek, virus o‘zgarib, tobora zararsiz ko‘rinishga kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mutaxassis koronavirusga qachon qayta chalinish mumkinligini ma’lum qildi