19:19 / 19.08.2020
2 939

Samarqanddagi mudhish YTHda 4 kishi vafot etdi

Samarqanddagi mudhish YTHda 4 kishi vafot etdi
2020 yil 18 avgust kuni soat 15:30 larda Urgut tuman Bahrin mahallasi hududidan o‘tuvchi «Toshkent-Termiz» M-39 avtomobil yo‘lida «ZIL» yuk avtomashinasi «Samarqand-Urgut» yo‘nalishida harakatlanib kelib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi “Cobalt” bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, “Cobalt” rusumli avtomashina haydovchisi Sh.A., ushbu avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchilari, Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan, 1988 y.t. J.A., voyaga yetmagan 2007 y.t. t.N. voqea joyida vafot etgan, 2015 y.t. B.I. Urgut tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Shuningdek, yo‘lovchilari, 1991 y.t. F.M., 2017 y.t. B.A. va 1975 y.t. M.L. lar tan jarohati olib Urgut tuman Tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020 yil Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yana bir bor yo‘l harakati ishtirokchilaridan harakat xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlarini so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqanddagi mudhish YTHda 4 kishi vafot etdi