18:38 / 19.08.2020
846

“Gazel” sotuvidan tushgan pul mablag‘i davlat egaligiga o‘tkazildi

“Gazel” sotuvidan tushgan pul mablag‘i davlat egaligiga o‘tkazildi
Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘ychia G‘allaorol tumanlararo sudining 26.09.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor O‘.Narboyev hisobidan undiruvchi Jizzax viloyat Bojxona boshqarmasi foydasiga 2011 yilda ishlab chiqarilgan, Gazel-2705-244 rusumli, davlat belgisi AU329V71 bo‘lgan avtotransport vositasini davlat egaligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan O‘.Narboyevga tegishli bo‘lgan ushbu avtotransport vositasi joriy yilning 5 iyunida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida boshlang‘ich bahosi 44 mln. 353 ming 82 so‘mga sotuvga qo‘yilgan va auksion natijasiga ko‘ra 43 mln. 466 ming so‘m sotilgan.

Ushbu sotuvdan tushgan pul mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan taqsimlangan holda davlat foydasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

Majburiy ijro byurosi
G‘allaorol tuman bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)