14:05 / 20.08.2020
3 596

Bugungi tarixiy qaror nafaqat “UzAutoMotors” AJ faoliyatiga berilgan baho, balki...

Bugungi tarixiy qaror nafaqat “UzAutoMotors” AJ faoliyatiga berilgan baho, balki...
Bugungi kunning eng katta yangiligi bo‘lib ulgurgan avtomobil narxlari bo‘yicha juda ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Barcha fuqarolardan (ayniqsa asossiz oshirilgan narxda avtomobil xarid qilganlar) yo‘llangan savollariga aniq va to‘liq javob olishlari uchun vaziyatni kuzatib borishlarini so‘rayman.

Chunki garchi Monopoliya qo‘mitasi tomonidan “UzAutoMotors”ga bir oy muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa-da, kompaniyaning komissiya qarori ustidan sudga shikoyat kiritish huquqi bor.

Umuman olganda, bugungi qaror “UzAutoMotors” AJ tomonidan narxlarni oshirilishi bo‘yicha mart oyida aytgan gaplarimizning tasdig‘i desak bo‘ladi. Ya’ni narxlar manipulyatsiyasi asosan yurtdoshlarimizning katta qismi sotib oladigan, eng talab yuqori bo‘lgan Damas, Gentra, Sobalt kabi avtomobil narxlarini asossiz oshirish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

O‘ylaymanki, bugungi tarixiy qaror nafaqat “UzAutoMotors” AJ faoliyatiga berilgan baho, balki mamlakatdagi barcha tabiiy va sun’iy monopol korxonalarga nisbatan bo‘lgan ogohlantirish hamdir. Qolaversa, bu qaror ijrosi raqobatni himoya qilishga oid davlat siyosati sohasida mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni jadallashuviga hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining mavqesi va institutsional salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, bugungi ilk g‘alaba shubhasiz Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining jur’ati, jasorati va mehnati hisobiga erishildi. Qo‘mita rahbari Najmiddinxodja Sharipovga, komissiya raisi Bekzod Ummatovga hamda tekshiruvda qatnashgan barcha komissiya a’zolariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Mavjud tabiiy monopol va ustun mavqega ega korxonalar soni ko‘pligini hisobga olsak, mamlakatda raqobatni ta’minlash va iste’molchi huquqlarini himoya qilish sohasida hali bu jamoa oldida qilinadigan ko‘p katta ishlar turibdi. Qo‘mita oldida turgan ushbu vazifalarga erishishda biz deputatlar esa qo‘mita rahbariyati bilan hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

Doniyor G‘aniyev,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugungi tarixiy qaror nafaqat “UzAutoMotors” AJ faoliyatiga berilgan baho, balki...