19:18 / 20.08.2020
570

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: undiruvchining aliment pullari undirib berildi

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi: undiruvchining aliment pullari undirib berildi
Joriy yilning 8 avgust kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali fuqaro M.Choriyeva tomonidan yo‘llangan murojaati yuzasidan.
Mazkur murojaatdan, Koson tumanida yashovchi Choriyeva Mahliyo mazkur xabar orqali Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi xodimlari sobiq turmush o‘rtog‘idan aliment pullarini undirishda amaliy yordam bermayotganligini bildirgan.

Aniqlanishicha, FIB Koson tumanlararo sudining 29.01.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor Quvvatov Abbosdan undiruvchi Choriyeva Mahliyo foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish xaqi va boshqa barcha daromadlarining 1/2 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Koson tuman bo‘limi ish yurituviga 04.02.2019 yilda kelib tushgan.

Shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdor joriy yilning aprel oyiga qadar bo‘lgan aliment pullarini to‘liq to‘lab kelgan.

Aprel oyidan boshlab aliment pullari to‘lanmagandan so‘ng, ijro harakatlari davomida qarzdor A.Quvvatovning nomidagi mol-mulklarini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan.

So‘rovnomalar natijasida 9.04.2020 yilda qarzdor “ENTER Engineering Pte. Ltd.”da ishlatganligi aniqlangan va u yerga 21.04.2020 yilda aliment to‘lovlarini ish haqiga qaratish bo‘yicha talabnoma yuborilgan. Aniqlandiki, qarzdor o‘sha davrda karantin boshlanganligi sababli o‘z hisobidan mehnat ta’tilida bo‘lganligi uchun aliment pullari o‘tmasdan kelgan.

Murojaatdan so‘ng davlat ijrochilari, joriy yilning 15 avgust kuni qarzdorning yashash uyiga borib, uning o‘zidan naqd pul ko‘rinishida 1-avgustgacha bo‘lgan 3.064.000 so‘m aliment va moddiy ta’minot pullari undiruvchi M.Choriyevaga tilxat asosida topshirilgan.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)