19:19 / 21.08.2020
3 273

Hechdan ko‘ra kech …

Hechdan ko‘ra kech …
Ming afsuslar bo‘lsinki, bugungi jamiyatimizda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq masalalar tez-tez qulog‘imizga chalinib turishi odatiy xolga aylanib bormoqda. Oila mustahkamligi jamiyatimiz faravonligini ta’minlaydi. Shunday ekan oilaviy ajrimlarni oldini olish, farzandlarning ota-onasi bag‘rida barkamol voyaga yetib ulg‘ayishiga e’tibor qaratish jamiyatimiz oldiga turgan muhim vazifalardan biridir.
Bu borada Majburiy ijro byurosi tomonidan ham sezilarli darajada ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Byuroning Angor tuman bo‘limi ish yurituviga aliment undiruvi bilan bog‘liq kelib tushgan ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish targ‘ibot ishlari natijasida ushbu oila bir nafar farzandining taqdiriga befarq emasligini bildirib, o‘zaro yarashish istagini bildirishdi. Bu kabi xayrli ishdan barchaning ko‘ngli birdek mamnun.

Shuningdek, oila butligini saqlab qololmagan bo‘lsada voyaga yetmagan farzandlarning moddiy ta’minotiga befarq bo‘lmagan otalar xam ko‘plab uchrab turadi.

Majburiy ijro byurosining Muzrabot tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlaroro sudining 2014 yil 12 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.Qurbonovdan undiruvchi Sh.Qurbonova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun taraflar o‘zaro kelishgan holda 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan 5 million so‘m aliment pullari oldindan to‘lab berdi.

Aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan otalarga esa qonuniy choralar qo‘llanib kelinmoqda. Bunga birgina misol Byuroning Termiz tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatiga asosan, D.Rajapovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdoridagi aliment undirish belgilangan bo‘lsada, D.Rajapov 2020 yil iyul oyiga qadar qadar 5 million so‘mdan ortiq aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamaganligi sababli, unga nisbatan sud tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kech bo‘lsada mas’ulyatini anglab yetgan ota 4 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hechdan ko‘ra kech …