19:50 / 21.08.2020
2 396

“Asaka bank” foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi

“Asaka bank” foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi
Xo‘jaobod tumanlararo iqtisodiy sudining 24.03.2020 yil kungi ijro varaqasiga asosan javobgar “Yuksak Istiqlol” MCHJdan aksiyadorlik tijorat “Asaka bank” foydasiga 389 956,2 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Jalaquduq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushishi bilan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish qarori qabul qilinadi hamda davlat ijrochisi tomonidan qabul qilingan qaror nusxasi qarzdor jamiyat mas’ul shaxslariga taqdim qilinib, ularga sud hujjati ijrosini qonunda belgilangan muddatda bajarmaslik va majburiy ijro harakatlari amalga oshirish huquqiy oqibatlari, xususan, ijro yig‘imi miqdorlari va jamiyat balansidagi mulklar xatlanishi mumkinligi haqida tushuntirish berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 21.08.2020 yil kuni javobgar “Yuksak Istiqlol” MCHJdan aksiyadorlik tijorat “Asaka bank” foydasiga 389 956,2 ming so‘m kredit qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Asaka bank” foydasiga kredit qarzdorligi undirib berildi