21:20 / 21.08.2020
4 413

Koronavirus bilan qayta kasallanish sababi aniqlandi

Koronavirus bilan qayta kasallanish sababi aniqlandi
Foto: «Gazeta.ru»
Massachusets shifoxonasi olimlari COVID-19 bemorlarida ayrim sitokinlar yuqori darajada bo‘lishi ularda koronavirusga nisbatan barqaror immunitet rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot-maqola bilan batafsil «Cell» jurnalida tanishishingiz mumkin.

Koronavirusdan vafot etganlarning taloq va limfa tugunlarini o‘rgangan mutaxassislar ularda immunitetni shakllantiruvchi germinativ markazlar mavjud emasligini aniqlashdi.

Odatda bu a’zolarda immun xotirada uzoq yashovchi, antitanachalar ishlab chiqaruvchi V-hujayralar yetiladi. V-hujayralar organizmga patogenni tez va samarali aniqlash, kasallik qaytalanganda unga tezroq hujum qilish imkonini beradi.

Germinativ markazlar shakllanishida yordamchi T-hujayralar muhim rol o‘ynaydi. Aniqlanishicha, COVID-19 og‘ir kechganida germinativ markazlar shakllanadigan joylarda juda ko‘p miqdorda signal molekulalari — TNF sitokinlari ishlab chiqiladi. Mutaxassislarga ko‘ra, sog‘ayib ketgan odamlar oradan bir necha oy o‘tib koronavirusni yuqtirib olishlari mumkin — qayta va qayta.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bilan qayta kasallanish sababi aniqlandi