21:40 / 22.08.2020
2 608

26 nafar xodimning huquqlari tiklandi

26 nafar xodimning huquqlari tiklandi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 26.06.2020 yildagi sud bo‘yrug‘iga asosan karzdor Kitob tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limidan jami 26 ta undiruvchi ishchi xodimlar uchun 32.399,6 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati buyicha ko‘zg‘atilgan ijro xujjatlari Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga 30.06.2020 yilda kelib tushgan va shu kuni o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilib taraflarga yuborilgan.

Shuningdek ijro xarakatlari jarayonida qarzdor Kitob tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limiga tegishli “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasi xatlanib taqiq quyilgan.

Majburiy ijro xarakatlari davomida qarzdor Kitob tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limidan undiruvchilar foydasiga qarzdorliklar to‘liq undirib berilgan va ijro hujjat ijrosi amalda tamomlanib, 26 ta ishchi xodimni huquqlari to‘liq tiklangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 26 nafar xodimning huquqlari tiklandi