22:00 / 22.08.2020
2 654

Uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolashning samarasi bo‘lmasa, bemor qayerga yuboriladi?

Uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolashning samarasi bo‘lmasa, bemor qayerga yuboriladi?
Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova koronavirus infeksiyasi borasida aholi murojaati va savollari yuzasidan javob qaytardi.

- Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda doim o‘pka shikastlanadimi?
Javob: Koronavirus infeksiyasi turli shakllarda kechadi va doim ham o‘pkani shikastlamaydi.
Kasallik ko‘p hollarda umuman simptomlarsiz kechadi, ya’ni test natijasi musbat bo‘lsa-da, kishi hech qanday simptomlarni sezmaydi va bunday virus tashuvchisi tekshirilganda organizmda hech qanday o‘zgarish aniqlanmaydi.

Simptomlar mavjudligida kasallikning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi:
— yuqori nafas yo‘llari shikastlanishi bilan (rinit, faringit);
— quyi nafas yo‘llari shikastlanishi bilan (pnevmoniya).

- Koronavirus bilan xastalangan homilador ayollarni kasalxonadan chiqarishda qanday ko‘rsatkichlarga asoslanishadi?
Javob: —Klinik belgilarni turg‘un yaxshilanishi;
— uch kun davomida tana harorati normada bo‘lganda;
— laborator ko‘rsatkichlari normallashganda;
— nafas yetishmovchiligi belgilari yo‘qligi;
— kamida 24 soat oraliq bilan ketma-ket ikki marta PZR usulida COVID-19 test natijalari manfiy bo‘lganda.
Shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra rentgenografiya yoki KT tekshiruvi, tavsiya etilmasa tushishga hojat yo‘q.

- Nima uchun vafot etgan fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxatlar elektron tizimga qo‘yilmaydi? OAVda vafot etgan fuqaroning faqat bosh harfi va yoshi yoziladi. Bu haqidagi ma’lumotni qayerdan olsak bo‘ladi?
Javob: Ma’lumotlarni koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarni davolash bilan shug‘ullanadigan muassasalarga murojaat qilib, ushbu ma’lumotning nima maqsadda so‘ralayotganligini asoslab bersangiz shunga qarab munosabat bildiriladi.

Aslida kasallikka chalinganlarning shaxsi bilan bog‘liq ma’lumotlarning barchasi tibbiyot siri hisoblanib, ushbu ma’lumotlarni olish vakolatiga ega bo‘lgan tashkilot vakili bo‘lsangiz, u holda bu kabi muassasalarga yoki Sog‘liqni saqlash vazirligiga rasman murojaat qilishingiz mumkin.

- Uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolashning samarasi bo‘lmasa bemor qayerga yuboriladi?
Javob:Uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolashning samarasiz ekanligi aniqlanganda, davolovchi shifokor uni ko‘rib kasallik kechishi holatiga qarab saralash va tashxislash markazlaridan biriga yoki ixtisoslashtirilgan statsionarlarga yo‘naltiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolashning samarasi bo‘lmasa, bemor qayerga yuboriladi?