Foto: Getty Images
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarning himoya niqoblari taqishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Ularga ko‘ra, 12 yoshdan katta bolalargagina niqob taqish majburiy hisoblanadi. 5 yoshgacha bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas.
“5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va manfaatlariga hamda niqobni minimal yordamda tegishlicha qo‘llay olishiga asoslangan”, deyilgan JSST tavsiyasida.
6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganligi darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta’lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta’siri.
12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo‘lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. “Misol uchun, bolalar 1 metrdan kattaroq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda”, deyilgan JSST tavsiyasida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi