19:50 / 23.08.2020
2 611

DXX 14 kg.dan ortiq oltin quymalarini musodara qildi

DXX 14 kg.dan ortiq oltin quymalarini musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahar Iqtisodiy jinoyatlarga kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy oltin aylanmasining oldini olish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Xususan, Toshkent shahridagi “Sharq” yo‘l patrul xizmati maskanida 1975 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan A.Nuriddinov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, avtomashina yukxonasida qora politilen paketlarga skochlab o‘ralgan, jami 14 kg 238 gr. bo‘lgan 16 dona oltin quymalari borligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, ushbu oltin quymalarini fuqaro Nuriddinov Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uyida qonunga xilof ravishda qo‘lbola usulda tayyorlagan bo‘lib, keyinchalik ularni Andijon va Namangan viloyatlariga olib borib, sotishni rejalashtirgan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, oltinni quyma shaklga va yuqori asillik darajasiga keltirib oldi-sotdi qilish taqiqlangan bo‘lib, ushbu harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu oltin quymalarning kelib chiqish manbalarini aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX 14 kg.dan ortiq oltin quymalarini musodara qildi