16:30 / 24.08.2020
3 117

Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi
Foto: Videodan skrinshot
Navoiy viloyati Konimex tumani hududida Nexia hamda Changam mashinasi ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar qilgan.

Hodisa 2020 yil 19 avgust kuni soat 10:25 larda yuz bergan. Nexia haydovchisining uxlab qolishi oqibatida mashina qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va Changam rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Foto: Videodan skrinshot

Foto: Videodan skrinshot
Avariya oqibatida Nexia haydovchisi o‘ta og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. YHXBB taqdim etgan videolavhada Changam mashinasi haydovchisining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda Nexia haydovchisi uxlab qolishi oqibatida dahshatli YTH sodir bo‘ldi