17:33 / 24.08.2020
2 281

Chet elga chiqish niyatida, qarzdor farzandlari uchun oldindan aliment pullarini to‘lab qo‘ydi

Chet elga chiqish niyatida, qarzdor farzandlari uchun oldindan aliment pullarini to‘lab qo‘ydi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor F.G‘aniyevdan, undiruvchi D.Bakayeva foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun½ qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan birinchi navbatda qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlariga vaqtinchalik cheklov qo‘yilgan.

Shuningdek, qarzdor F.G‘aniyevning moliyaviy ahvoli o‘rganilganda u “Global Cargo Logistics”da, tayinlangan muayyan oylik maoshi bilan ishlashligi aniqlangan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor ijro xujjatini ijro etish usuli va tartibini oldindan to‘lash yo‘li bilan o‘zgartirish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qilish istagini bildirgan.

Qarzdor otaning arizasi FIB Zangiota tumanlararo sudi tomonidan qanoatlantirilib, sud buyrug‘ining ijro etish usuli va tartibi oldindan to‘lash yo‘li bilan o‘zgartirilgan. Ya’ni, qarzdor ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta’minoti uchun 2020 yil 01 avgustdan 2025 yil 01 avgustga qadar oldindan to‘lanadigan aliment summasi 32.404.041 so‘m deb belgilangan.

F.G‘aniyev tomonidan mazkur summa undiruvchiga to‘lab berilgach,unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqishini vaqtincha cheklashni bekor qilish uchun asos deb topilganligi sababli cheklov qarori bekor qilingan.
Hozirda, ushbu ijro hujjati yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet elga chiqish niyatida, qarzdor farzandlari uchun oldindan aliment pullarini to‘lab qo‘ydi