00:23 / 25.08.2020
3 785

Koronavirus xavfli shaklining kelib chiqish sababi fosh etildi

Koronavirus xavfli shaklining kelib chiqish sababi fosh etildi
Foto: «Public Domain/Wikimedia»
Shvetsiyada Karolin instituti olimlari odam immun tizimi COVID-19 og‘ir shaklining rivojlanishiga olib kelish sababini aniqlashdi. Xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos immun hujayralarning xatti-harakatlari to‘g‘risida «Science Immunology» jurnalida maqola chop etildi.

Tadqiqot chog‘ida mutaxassislar koronavirus infeksiyasining o‘rta (10 kishi) va og‘ir (17 kishi) shaklidan qiynalayotgan 27 nafar bemorning qon namunalarini tahlil qilishdi. Nazorat guruhi sifatida 17 nafar sog‘lom odamning qon namunalari tahlili olindi. Buni qarangki, SARS-CoV-2ni yuqtirganda tabiiy qotillar deb ataluvchi (NK-hujayralar) sitotoksik limfotsitlar erta faollashadi, biroq COVID-19ning o‘rta va og‘ir kechishida turlicha harakat qiladi.

Og‘ir bemorlarning NK-hujayralari odatda NKG2C va Ksp37, perforin oqsillari yuqori ekspressiyasini namoyish etishadi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu moslashuvchan tabiiy qotillar deb ataluvchi yuqori darajada aks etadi. Moslashuvchan NK-hujayralar boshqa NK-hujayralar bilan taqqoslaganda nishon-hujayralarni yuqori samaradorlik bilan o‘ldirishga qodir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus xavfli shaklining kelib chiqish sababi fosh etildi