19:00 / 25.08.2020
2 508

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 39 641 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 39 641 nafarga yetdi
2020 yil 25 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 641 (+135) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent shahrida (ulardan 110 nafari xorijdan kelgan va O‘rtasaroy karantin markaziga joylashtirilganlar orasidan), 7 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli G‘.Sh. (erkak) hamda Yashnobod tumanida yashagan 49 yoshli Q.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 189 nafar, Toshkent viloyatida 107 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Jizzax viloyatida ham 5 nafar, Namangan viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 3 nafar, jami 318 nafar bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, yurtimizda 35 869 (+318) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) tuzaldi.
Hozirda mamlakatimizda 3 488 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 39 641 nafarga yetdi