20:04 / 25.08.2020
4 147

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirusdan vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirusdan vafot etdi
Bugun O‘zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktrisasi Dilbar Ikromova 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Dilbar Ikromova «Kelinlar qo‘zg‘aloni», «Chimildiq», «Dev bilan pakana», «Devona», «Afg‘on», kabi juda ko‘plab filmlarda hamda teatr sahnalarida bir-biridan qiziqarli rollarni mahorat bilan ijro etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktirisa bir oydan buyon koronavirus-pnevmoniya xastaligidan davolanayotgan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova koronavirusdan vafot etdi