23:30 / 25.08.2020
2 047

Epidemiolog “Covid-19”ning ikkinchi to‘lqinidan qanday himoyalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi

Epidemiolog “Covid-19”ning ikkinchi to‘lqinidan qanday himoyalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi
Foto: RIA Novosti
Kuzda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda. Xo‘sh shunday bo‘lganda infeksiya tarqalishi xavfini qanday kamaytirish mumkin?

Bu haqda I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat universiteti Epidemiologiya va dalillarga asoslangan tibbiyot kafedrasi mudiri, Rossiya bosh epidemiologi, akademik Nikolay Briko o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, epidemiologik vaziyat hali ham davom etmoqda, shu bois gigiyena qoidalariga rioya qilishni davom ettirish zarur.
«Kasallikning yangi tarqalish bosqichini noyabr-dekabr oylarida, iqlim sharoiti o‘zgarib, odamlarda immunitet pasayganda kutish kerak», — deydi Briko.

Bunday paytda bir vaqtda ko‘plab xodimlar faoliyat yuritadigan ofislarda ishlash jarayoni ham muhim rol o‘ynashi mumkin.
«Dunyo statistikasida eng yuqori kasallanish nuqtalari sifatida internatlar, qariyalar uylari, harbiy qismlar va boshqa uyushgan guruhlarning ko‘rsatilishi bejizga emas», — deydi akademik.

Epidemiologning fikriga ko‘ra,bu paytda “Covid-19”ning virulentligi (yuqumliligi yoki o‘limga olib kelish qobiliyati darajasi) pasayishi mumkin, ammo harakatlanishdan to‘xtamaydi. Shuning uchun yilning istalgan vaqtida sanitariya va gigiyena qoidalariga — masofani saqlash, niqob va qo‘lqoplardan foydalanish, yopiq joylardagi ust qismlarni iloji boricha ko‘proq tozalashga e’tibor qaratish lozim.

Briko, shuningdek, mavsumiy gripp va pnevmokokka qarshi emlash zarurligini ham alohida ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Epidemiolog “Covid-19”ning ikkinchi to‘lqinidan qanday himoyalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi