07:35 / 26.08.2020
3 050

O‘zbekistonda texnikumlarga kirish uchun onlayn ariza topshirish boshlandi

O‘zbekistonda texnikumlarga kirish uchun onlayn ariza topshirish boshlandi
O‘zbekistonda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi texnikumlariga onlayn ariza topshirish boshlandi, deb xabar bermoqda vazirlik.
Texnikumlarga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza topshirish platformasi — «texnikum.edu.uz» 25 avgust, seshanba kuni soat 14:00 dan boshlab ishga tushirildi.

Texnikumlarga elektron platforma orqali quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
- elektron ariza;
- umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
- 3x4 fotosurat.
Eslatib o‘tamiz, turizm texnikumi va kollejlariga 2020 yilda o‘qishga qabul qilingan barcha tinglovchilar davlat granti asosida o‘qishi xabar qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda texnikumlarga kirish uchun onlayn ariza topshirish boshlandi