09:15 / 26.08.2020
2 822

Koronavirus asoratlari va o‘lim omillari aniqlandi

Koronavirus asoratlari va o‘lim omillari aniqlandi
Foto: «Nyoooz.com»
Nyu-York Maunt-Sinay tibbiyot kompleksi olimlari COVID-19 kasalligining og‘irligi va omon qolish ehtimolini taxmin qilish mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashdi. Bu haqda «Nature Medicine» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilingan.

Tadqiqotchilar qonda aylanib yuradigan va odatda infeksiyalarga qarshi immunitet reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sitokinlar deb ataluvchi to‘rtta peptid molekulalarini o‘rganishib, ulardan ikkitasi — IL-6 va TNF-α alomatlar og‘irligi, asoratlar va o‘lim xavfini belgilashi mumkinligini aniqlashdi. Olimlar og‘ir ahvoldagi bemorlarning qon zardobida ushbu sitokinlar darajasi oshganini kuzatishdi. Bu bemorlarning boshqa asosiy kasalliklari, demografik ko‘rsatkichlar, yosh va jinsga bog‘liq bo‘lmagan.

Test natijalariga ko‘ra, IL-6 yoki TNF-α darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda o‘lim xavfi hatto boshqa xavfli omillarni hisobga olganda ham, ikki baravar ko‘p bo‘lgan. Shunga qaramay, virusga qarshi remdesivir yoki kortikosteroid deksametazon kabi preparatlar sitokinlar darajasini kamaytirishi va kasallikning ijobiy kechishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus asoratlari va o‘lim omillari aniqlandi