10:43 / 26.08.2020
2 493

“Ehsan Maybod Manufacturing Group” korxonasi vakillarining murojaati yuzasidan rasmiy bayonot

“Ehsan Maybod Manufacturing Group” korxonasi vakillarining murojaati yuzasidan rasmiy bayonot
Mazkur xabarda, Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Ehsan Maybod Manufacturing Group” korxonasi vakillari Byuroning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan bankdan olingan qarzdorlik evaziga mol-mulkloarini xatlayotganligi bayon qilingan.

Aniqlanishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 15.01.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Ehsan Maybod Manufacturing Group” MCHJdan undiruvchi ATB “Asia Alliance Bank” foydasiga 41.773.750.953 so‘m karz va 17.840 so‘m pochta xarajati undirish, undiruv garovga qo‘yilgan 48,9 mlrd. so‘mlik mol-mulklariga qaratish belgilangan.

Qarzdor “Ehsan Maybod Manufacturing Group” MCHJ raxbariga ijro xujjatini ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Bundan tashqari, MIB Yuqorichirchiq tuman bo‘limida yuqoridagi korxonadan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha boshqa ijro hujjatlari ham mavjud.
(undiruvchi fuqarolar foydasiga 11.160.000 so‘m ish haqi, davlat foydasiga 95.966.109 so‘m davlat boji, Toshkentgazta’minot UK foydasiga 1.219.377.724 so‘m, Toshkent xududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ foydasiga 568 798 485 so‘m, korxona va tashkilotlar foydasiga 594 606 375 so‘m qarzlarni undirish)

Davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish maqsadida (garovga qo‘yilgan mol-mulklarni xatlashga) qarzdor jamiyat joylashgan manzilga bir necha marotaba borilgan bo‘lsada, qarzdor tomonidan to‘sqinlik bo‘lganligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilib kelingan va navbatdagi ijro harakatlari 19.08.2020 yilga belgilanib, shu kuni qarzdorning garov bilan ta’minlangan mol-mulklari ko‘zdan kechirib xatlangan va band solingan.

Byuroning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan 2020 yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2017 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-tamoillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-sonli Qarorining 2-bob 6-bandiga ko‘ra qarzdor va undiruvchiga sud qaroriga asosan garovga quyilgan mol-mulklarni elektron onlayn-auksion savdolariga quyish to‘g‘risida 10 kunlik muddat berilgan holda xabarnoma yuborilgan.

Kelgusida, qarzdor tomonidan qarzdorlik summasi to‘liq qoplanganda yoki undiruvchi tomonidan ijro hujjati ijrosiz qaytarib olingan taqdirda, xatlangan mol-mulklar elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yilmasligi ma’lum qilinadi.

Majburiy ijro byurosining
Yuqorichirchiq tuman bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ehsan Maybod Manufacturing Group” korxonasi vakillarining murojaati yuzasidan rasmiy bayonot