15:53 / 26.08.2020
5 954

...Pokiza emasmisan, qizim?

...Pokiza emasmisan, qizim?
(Voqeiy hikoya)
Azhar ulamolaridan biri ko‘chaga yumush uchun kamdan-kam chiqar, faqat ishga - Azharga borib kelar, qatnaydigan yeri uy - masjid, uy - Azhar edi. Bir kuni shom namoziga biroz fursat qolganda ko‘ngli atrofni kezishni tusadi va mahalla chetidagi izvoshchilardan birini to‘xtatib:

- Meni biroz kezdir, - dedi.
Yo‘lda atrofni tomosha qilib ketarkan:
- Shom yaqinlashdi, biror masjid yonida tushir, - dedi izvoshchiga.

Izvoshchi shum odam edi. Qohira ko‘chalaridan biridagi islovotxonalardan biri oldida to‘xtab:
- Anavi yerda masjid bor ekan, sahnida kursi ham bor, - dedi!

Ba’zi mahalla masjidlari tashqaridan masjidligi sezilmaydi. Bu ham shunday masjidlardandir, deb o‘ylab olim islovotxona sahnidagi kursiga cho‘kib, shom azonini kuta boshladi.

Kun botdi, azondan darak yo‘q. Shu payt bir ayol islovotxonaga keldi. Kursida o‘tirgan salobatli shayxni ko‘rib, iymanib sahnning orqarog‘iga o‘tib, uning ketishini kuta boshladi.

Olim azon aytilavermagach, ayolga o‘girilib:
- Qizim, shom vaqti qisqa, muazzin ham kelmadi. Kel, orqada tur, ikkimiz jamoat bilan o‘qiymiz, - dedi.

Ayol lol bo‘lib qoldi. Nima deyishni bilmas, olimga qanday javob qaytarishga hayron edi.

Ayolning indamay turganini ko‘rgan olim uni ayollardagi uzrli holda bo‘lsa kerak, deb o‘ylab:
- Yo‘qsa, pokiza emasmisan, qizim? - dedi.

Bu gap ayolga juda qattiq ta’sir qildi. Qalbining tub-tubiga cho‘kib ketgan iymonni qo‘zg‘ab yubordi, ustini buzuqlik mog‘ori qoplagan iffatini silkitdi...
O‘pkasi to‘lib, ko‘zidan yosh otilganicha o‘zini olim oyog‘i ostiga otdi...

- Men...men... - dedi yig‘lagancha... Keyin bu yerning qanday joy ekanini olimga anglatdi...
Olim sodiq tavba qilgan bu ayolni Azharning ayollar bo‘limiga boshlab ketdi..
* * *
Subhanalloh..
Bu voqeiy ajib hikoyadan bir qancha ibrat olsak arziydi..

Jamoat namozi barakasi.
Hidoyat nuri fazilati.
Yaxshilarga yaqin bo‘lish xislati.
Qalb namozga bog‘langan bo‘lishi xosiyati.
Chin tavbaning katta gunohlarni ham yuvib yuborishi...

Sayfulloh Nosir

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » ...Pokiza emasmisan, qizim?