16:26 / 26.08.2020
3 869

Samarqandda er xotinini rashkdan yoqib yubordi. Ayol sudyadan eriga eng og‘ir jazo berishini so‘radi

Samarqandda er xotinini rashkdan yoqib yubordi. Ayol sudyadan eriga eng og‘ir jazo berishini so‘radi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida turmush o‘rtog‘ini yoqib yubormoqchi bo‘lgan Komil Davronov ustidan sud hukmi o‘qildi.
"Zamon" ko‘rsatuvida voqea tafsilotlari ma’lum qilinishicha, erkak rashk tufayli ayolini yoqib yuborgan. U buni turmush o‘rtog‘ini yuzini undan boshqasi ko‘rmasin degan maqsadda amalga oshirganini tan olgan.

Hozir ayolning bir qo‘li, badani, qulog‘i va yuzida kuyishdan katta chandiq qolgan. Eng kichik barmog‘i burishib qolgan, o‘ziga bo‘ysunmaydi.

— Bir hafta komada yotdim. Keyin bir oy hech narsani eslolmadim. Uydagilarni eslolmadim, - degan jabrlanuvchi ayol voqeani so‘zlab berarkan. — Og‘ir jazo berishingizni, hamma ko‘rishini xohlayman degan jabrdiyda ayol sudda. Hech qanday aybim bo‘lmasdan, mana bunaqa qildi. Bir umrga qo‘lim mayib bo‘ldi. Bir umrga yuzim xunuklashib qoldi. Eng og‘ir jazo berishingizni istayman. Boshqalarga dars bo‘lsin.

“O‘ta shafqatsizlik bilan o‘t qo‘yib yuborgan. Natijada tanasining 25% kuyishiga sababchi bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Hech qanday rashkka tortadigan holatlar aniqlanmagan”, deydi sudya ushbu sud haqida.

Sudlanuvchining gaplariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni kamsitgan. Biroq ichki ishlar organlari va sud-tergov xulosasida ayolning begona erkaklar bilan yozishgani asoslanmagan.

Sudlanuvchi Davronov Komil Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topildi va 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda er xotinini rashkdan yoqib yubordi. Ayol sudyadan eriga eng og‘ir jazo berishini so‘radi