18:00 / 26.08.2020
4 328

"O‘quvchilar ustida tajriba o‘tkazib ko‘riladimi?" Sobiq deputat maktablar ochilishini keskin qoraladi

"O‘quvchilar ustida tajriba o‘tkazib ko‘riladimi?" Sobiq deputat maktablar ochilishini keskin qoraladi
Ma’lumki, 14 sentabrdan maktablar faoliyati qayta tiklanadi. Biroq farzandlarining maktabga borib o‘qishi yoki onlayn darslarda ishtirok etishini ota-onalarning o‘zi tanlaydi. Ammo bu kabi qaror barchani ham qoniqtirmayapti.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining sobiq deputati Abdurashid Abduqodirov maktablarning ochilishini noto‘g‘ri deya baholamoqda.

"Maktablarni ochilishi noto‘g‘ri.
Hozirgi kunda, mas’ullarning irodali qaror qabul qila olmaganliklari sababli, maktablarda ota-onalar o‘rtasida maktabni ochish kerakmi yo onlayn ta’lim davom etsinmi degan mazmunda so‘rovnomalar o‘tkazish boshlandi.
Aslida esa, bu kabi so‘rovnomalarga hojat yo‘q.

Agar sog‘lik-salomatlikdan ko‘ra ta’lim birinchi o‘rinda bo‘lganida, o‘quvchilar kasal bo‘lganda ham o‘qitilar edi. Biroq, sog‘lik hamma narsadan ustun turadi. Shuning uchun, onlayn ta’limni davom ettirish shart. So‘rovnoma o‘tkazish shart emas. Baribir, har xil munosabat bildiriladi. Germaniya tajribasi onlayn ta’limni davom ettirish uchun yetarli bo‘lmaydimi? U yerda ikki haftada qirqdan ortiq maktablarda kasallik aniqlangan. Yoki, o‘quvchilar ustida tajriba o‘tkazib ko‘riladimi, maktablarni ochib ko‘ramiz, o‘quvchilar kasal bo‘lishni boshlasa, keyin onlayn ta’limga qaytamiz deb. Maktablarni faqat, xohlovchilarga ochish ham to‘g‘ri emas. Chunki, ularni xohishi o‘quvchilarni kasallik yuqishidan saqlab qolmaydi.

Umuman aytganda, toki kasallik ustidan to‘liq g‘alaba qozonilmaguncha, masofaviy faoliyatga o‘tishning zarracha imkoni bor barcha sub’ektlarda masofaviy faoliyatga o‘tilishi, ijtimoiy himoya, niqob, dezinfeksiya tartiblariga qat’iy amal qilinishi shart.

Maktablar ochilsa, ertami kechmi, o‘quvchilar orasida kasallik tarqaydi. Ayniqsa qishda. Oqibatda kasalxonalarda yuklama ortib ketadi. Shuningdek, o‘quvchilar orqali yoshi kattalarga yuqish ko‘payadi. Oliy ta’lim bo‘yicha ham shu fikrlar.

Buning o‘rniga, o‘quvchilarga o‘zini o‘zi sinab borishi uchun har oyda test savollar berilib, chorak yakunida test orqali onlayn asosda baholab borishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Yana bir gap, kasallik kam tarqayapti deb aytilayotgan ba’zi viloyatlarda kasallanganlar soni aytilayotganidan ancha ko‘p. Buni hamma bilsa kerak, hatto o‘sha ma’lumotlarni tarqatayotgan mas’ullar ham.

Bundan tashqari, farzandiga kasallik yuqqan ota-onalarning boshidan nimalar o‘tishini his qilish unchalik qiyin emas.
Ochig‘ini aytganda, ko‘pchilik maktablardagi ta’lim sifati farzandlarimizning salomatligini garovga qo‘yib tavakkal qilishimizga arzimaydi xam. (Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan sanoqli maktablardan uzr).

Oliy ta’lim bo‘yicha ham shu fikrdaman
", deydi deputat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "O‘quvchilar ustida tajriba o‘tkazib ko‘riladimi?" Sobiq deputat maktablar ochilishini keskin qoraladi