20:00 / 26.08.2020
3 587

So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif qilindi

So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif qilindi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif etildi.
Hozirgi vaqtda milliy valyutamiz bilan internet saytlarida va turli onlayn do‘konlarda elektron to‘lovlar amalga oshirilmoqda. So‘m tranzaksiyalarda UZS shaklida ko‘rsatiladi. Shuningdek, supermarketlarda va boshqa savdo nuqtalarida ham so‘m to‘liq yoziladi. Shu sababli, boshqa mamlakatlar qatori bizda ham so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish kerak.

Misol uchun, Qozog‘istonda tenge ₸ ko‘rinishida, Qirg‘izistonda som ⊆ ko‘rinishida, Yevropa Ittifoqida yevro € ko‘rinishida va hokazo. So‘mning grafik belgisi joriy qilinsa, matnlarda ham belgilar qisqarib so‘mni yozish qulaylashadi. Peshtaxtalarda narxlar shrifti hajmi kattalashadi.

Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini o‘tkazish orqali O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘mning grafik ko‘rinishi loyihasini ishlab chiqishni taklif qilaman. Ushbu taklifimga mas’ullar tomonidan e’tibor qaratilishini kutib qolaman
”, deb yozadi murojaat muallifi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif qilindi