22:44 / 26.08.2020
3 983

Qamchiq dovonidagi mudhish avariya ikki kishi vafot etdi

Qamchiq dovonidagi mudhish avariya ikki kishi vafot etdi
25 avgust kuni «Toshkent – O‘sh» avtomobil yo‘nalishida harakatlangan «ISUZU» rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa borib urilgan.

FVVning xabar berishicha, oqibatda yong‘in kelib chiqib, avtomashina ichidagi haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holatga aniqlik kiritilganda, yuk mashinaning yukxonasida 8 tonna qurilish xomashyosi, ya’ni betonga qo‘shiladigan kimyoviy eritma borligi ma’lum bo‘lgan.

Yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan FVV shaxsiy tarkib hamda maxsus texnikalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va yong‘in bartaraf etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonidagi mudhish avariya ikki kishi vafot etdi