10:38 / 27.08.2020
2 613

MIB 64 nafar ishchi-xodimlarning maoshini undirmoqda

MIB 64 nafar ishchi-xodimlarning maoshini undirmoqda
Majburiy ijro byurosi Bekobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining sud buyruqlariga asosan, qarzdor “BЕKOBOD-AGROKIMYO” MCHJdan, undiruvchi 64 nafar fuqarolarga 155.635.408 so‘mlik ish haqidan qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan.

Mazkur ijro ishlari yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, elektron inkasso topshiriqnomalari orqali qarzdor “BЕKOBOD-AGROKIMYO” MCHJ dan 56 nafar korxona ishchisiga, 134.037.163 so‘mlik ish haqi undirilib, ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazilib berildi.

Hozirgi kunda qarzdor korxonadan, yana 8 nafar xodimga 21.598.245 so‘mlik ish haqidan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB 64 nafar ishchi-xodimlarning maoshini undirmoqda