15:40 / 27.08.2020
3 003

O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi?

O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi?
Koronavirusning ikkinchi to‘lqini kelishi uchun barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerak. Bu haqda 26 avgust, chorshanba kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

Brifingda Barno Abdusamatova «O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini kutilyaptimi», degan savolga javob berar ekan, ikkinchi to‘lqin bo‘lishi uchun barcha bemorlar tuzalib ketishi lozimligini aytib o‘tdi.

«Kasallikning ikkinchi to‘lqini kelishi uchun uning birinchi to‘lqinidagi kasallar va kunlik aniqlanayotgan bemorlar soni minimal darajaga pastga tushishi kerak yoki barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerak. Biz bu darajaga hali erishganimiz yo‘q. To‘g‘ri, kuz kelishi bilan yog‘ingarchilik natijasida namlik boshlanadi. Koronavirus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi», — dedi mutaxassis.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu faslda yana ko‘pgina surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi natijasida bemorlarda immunitet pasayib, kasallik yuqtirishga moyilligi oshadi. Bu esa kasallar soni ortishi hamda ularning og‘ir shakli ko‘proq kuzatilishiga sabab bo‘ladi.

Avvalroq koronavirusdan tuzalib chiqqan bemorlar uning boshqa shtamm yoki turlarini yuqtirish ehtimoli bo‘lgani uchun koronavirusdan tuzalgan bemorlarga uning boshqa turlaridan himoyalanish tavsiya etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinmi?