07:00 / 28.08.2020
2 341

Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi​

Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi​
Davlat test markazining rasmiy veb-saytida «Stadionlar va xiyobonlar» bo‘limi tashkil etilib, unga 2020-2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
- Stadion yoki xiyobonning rasmi;
- Hududga kirish joylari;
- Stadion yoki xiyobon nomi;
- Stadion yoki xiyobon manzili;
- Sektor raqami;
- Test topshiradigan guruhlar;
- Stadion yoki xiyobonning Google xaritadagi geolokatsiyasi.
Ushbu havoladan tegishli hududni tanlab, o‘sha hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi​