18:50 / 29.08.2020
4 960

Oliy ta’limda fanlarni o‘qitish sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli

Oliy ta’limda fanlarni o‘qitish sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli
O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli so‘zsiz katta. Pedagogdan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida olgan bilimni o‘zlashtirish nisbatan ancha yaxshi natija beradi.

Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy o‘sishini rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda pedagoglarning mas’uliyatini oshirish zarur.

Talaba va pedagog mustaqil ta’lim ularning manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak. Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun emas, balki o‘zi uchun, uning kelajakdagi muvaffaqiyatini ta’minlashining asosiy omili ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur.

Pedagog esa mustaqil ta’lim faqatgina talaba uchun emas, balki o‘zi uchun ham kerak ekanligi, o‘zini ishini osonlashtirish, mustaqil fikr yurita oladigan talabalar bilan muloqotda bo‘lib, o‘z bilimini boyitish va kelajda xizmat pog‘onalarida o‘sishini ta’minlashini anglashi lozim. Shu bilan bir qatorda, pedagogning o‘quv jarayonida talabalar bilan hamkorligi, ularning mustaqil ta’limga ishonchini shakllantirishi, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanayotganini ko‘rsata olishi, ma’ruzalarni a’nanaviy, ya’ni faqatgina ma’lumot berish bilan chegaralanmasdan, balki muammoli interaktiv usulda olib borishi kutilayotgan ijobiy natijalarga olib keladi.

Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali o‘qitishni ko‘z oldimizga keltirish qiyin.
Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.

Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish kerak, ya’ni auditoriya soati, passiv ma’ruza mashg‘ulotlar ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustaqil ishlari salmog‘ini oshirish zarur.

Talabalarning ta’lim olishda an’anaviy o‘qitish usulidan mustaqil faoliyatiga katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi g‘oyadir. Mustaqil ta’lim talabalarga bilim berishda bu talabani o‘z holiga tashlab qo‘yish emas, balki pedagog tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning mustaqil faoliyatidir.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, har bir pedagog faqatgina o‘zining fanini asosiy deb hisoblamasdan, talabaning mustaqil ta’limga ajratilgan vaqti o‘quv rejadagi barcha fanlar uchun ajratilganligini esdan chiqarmasligi kerak, aks holda talabalarga keragidan ortiq berilgan vazifa mustaqil ta’limdan kuzatilgan ijobiy natija o‘rniga, aksincha salbiy natijaga olib kelishi mumkin.

Talabalarning mustaqil ta’limidan asosiy maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish;
- auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish;
- me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
- faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirish;
- mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
- tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish.

Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga faol qiziqishni shakllantirishdan iborat.
Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlayotganlarida qo‘yilgan muammolarni chuqur tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak...!!!

Toshkent Davlat Yuridik
Universiteti Ixtisoslashtirilgan
filiali o‘qituvchisi
Mamura Allanazarova

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’limda fanlarni o‘qitish sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli