21:53 / 29.08.2020
2 332

Bola onasi bag‘riga qaytarildi

Bola onasi bag‘riga qaytarildi
Bolalar ota-onasi bilan baxtiyor. Ammo ming afsuski, hayot ba’zan farzandlar istagi asosida qurilmagan bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘proq jabr chekadigan, ruhan eziladigan o‘rtadagi bolalar bo‘lishi mumkin. Er-xotin munosabatlarining nomutanosibligi yoki qaynona kelinning o‘zaro kelishmovchiligi bois ajrashib ketgan oilalarda voyaga yetayotgan bolalar otasini tanlasa ona mehridan, onasini desa ota mehridan mosuvo bo‘lib yashaydi. Biroq har qanday holatda ham qonun aytgan so‘z haq so‘zdir.

M. va F. ancha yil davomida birga yashashdi. Ammo so‘ngi oylar mobaynida o‘rtadagi kelishmovchiliklar sabab, M. uydan ketishga majbur bo‘ldi ammo jondan aziz farzandini o‘zi bilan olib ketolmadi, albatta turmush o‘rtog‘ining qarshiligi bilan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor F.Ulashevdan undiruvchi M.Usanova foydasiga 28.06.2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandini onasi tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nishon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Majburiy ijro harakatlari davomida joriy yilning 19 avgust kuni bola undiruvchiga davlat ijrochilari tomonidan olib berildi.
Byuro o‘z vakolatlari doirasida vazifasini amalga oshirdi, ammo farzand yillar o‘tib armon qilmasligi, ota-ona mehridan bahramand bo‘lib voyaga yetishga ming karra haqli ekanligini vaqtida anglab yetish pushaymonliklar oldini olishini unutmaylik.

U.To‘laganov
MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bola onasi bag‘riga qaytarildi