22:11 / 29.08.2020
2 099

Ota qizini kunning istalgan paytida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi

Ota qizini kunning istalgan paytida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi
Majburiy ijro byurosi haqida gap ketganda aksariyat fuqarolarimiz ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni (ayniqsa aliment) undiradigan, to‘lamaganlarning mol-mulklarini xatlab, auksion savdolariga chiqaradigan tashkilotni ko‘z oldidariga keltirishadi. Aslini olganda esa, Byuro 20 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi. Shulardan biri qarzdorni farzandi bilan ko‘rishtirishdir.

Ana shunday ijro hujjatlaridan biri Byuroning Nishon tumaniga kelib tushdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 18.10.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan A.B.ni 2018 yilda tug‘ilgan Mohinur ismli qizi bilan har oyning ikkinchi va to‘rtinchi yakshanbasida ko‘rishib turishi va uning tarbiyasida ishtirok etishi belgilandi. Shunga ko‘ra, bu ijro hujjatining ijrosi o‘z vaqtida ta’minlanib kelinayotgan edi.

Shu orada, taraflar o‘zaro kelishdi ota qizini kunning istalgan paytida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shunga asosan, joriy iilning 17 avgust kuni da’vogar A.B.ning ijro hujjatini ijro qilmasdan qaytarish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Feruz Inatov
MIB Nishon tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota qizini kunning istalgan paytida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi