23:09 / 29.08.2020
1 745

Bir kunda 3,4 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi

Bir kunda 3,4 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi
Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash jarayonida soliq qarzlarini undirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina joriy yil 28 avgust kuni soliq to‘lovini kechiktirgan qarzdorlardan 3,4 mlrd. so‘m mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.

Bu jismoniy va yuridik shaxslar zimmasidagi mavjud qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasidir. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan shaxslarning mulklari xatlab olinyapti.

Jumladan, qarzdor “Minora qurilish ekspeditsiyasi” AJdan 2 mlrd. so‘m, “Qashqadaryo texnologik transport” OAJdan 700 mln. so‘m, “Qashqadaryo parmalash ishlari” OTXdan 700 mln. so‘m, jami 3 mlrd. 400 mln. so‘m kechiktirilgan soliq qarzdorligi undirilib, tegishli hisob raqamlarga to‘liq o‘tkazilgan.

Qodir Karimov
MIB Qarshi shahar bo‘limi
boshlig‘i o‘rinbosari

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir kunda 3,4 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi undirildi