23:28 / 29.08.2020
2 160

9 oy jarimadan qochib yurgan ayol topildi va jazosi boshqa jazo turiga almashtirildi

9 oy jarimadan qochib yurgan ayol topildi va jazosi boshqa jazo turiga almashtirildi
Fuqaro N.N. Koson tumanida tug‘ilgan. U qo‘shmachilikdek jirkanch ish bilan shug‘ullanishdan oldin qonun bilan belgilangan javobgarlik borligini yaxshi bilardi. Ammo N. osongina pul topish haqida o‘yladi. Buni qarangki, oradan ko‘p o‘tmay uning bu ishi fosh bo‘ldi va jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 8.11.2019 yildagi xukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 131 moddasi bilan aybli deb topildi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Qo‘llanilgan jarimani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Koson tuman bo‘limiga kelib tushdi. Shu paytgacha jarima to‘lashdan qochib, yashirinib yurgan qarzdor davlat ijochilari tomonidan oradan 9 oy o‘tib Qarshi shahridan topildi.

Farzdorning undiruvga qaratish mumkin bo‘lgan mol-mulklari aniqlanmagach, MIB Koson tuman bo‘limi boshlig‘i jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudiga tayinlanga jarima jazosini boshqa jazo turiga almashtirish bo‘yicha taqdimnoma bilan chiqdi. Sud tomonidan qarzdorning moddiy ahvolini hisobga olgan holda tayinlangan 2.230.000 jarima 18 kun ozodlikdan cheklash jazosiga almashtirildi.

Akmal Baratov
MIB Koson tuman bo‘limi davlat ijrochisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 9 oy jarimadan qochib yurgan ayol topildi va jazosi boshqa jazo turiga almashtirildi