11:16 / 31.08.2020
2 280

Quyonlar bayram oldi sovg‘asi bo‘ldi

Quyonlar bayram oldi sovg‘asi bo‘ldi
Joriy yilgi mustaqillik bayramini barcha uyda kutib olsa-da, har bir xonadonda bayramona ruh hukmron. Har kimning hayotida bayramga arzigulik ijobiy o‘zgarishlar bor. Xususan, Bulung‘ur tumanining «Navbahor» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muqaddas Yo‘ldoshevaning xonadonida ham.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ushbu xonadon vakillari ko‘pdan buyon tadbirkorlik qilish istagida edi. Xususan, bankdan imtiyozli kredit olib, quyonchilik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qilgandilar. Bulung‘ur tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi ushbu oilaning tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan «Velikan» zotli 12 dona quyonni, barcha sharoitlari mavjud, zamonaviy quyon uyasi bilan birgalikda yetkazib berishdi.

Quyonlar biz o‘ylaganimizdan ham katta bo‘lar ekan. Xudo xohlasa kelgusida ushbu quyonlarni yanada ko‘paytirib, oilaviy sharoitimizni yaxshilaymiz, — deydi xonadon sohibasi Muqaddas Yo‘ldosheva. — Bizga ko‘rsatilgan beminnat yordamdan juda xursandmiz. Katta rahmat.

Abdulaziz Yo‘ldoshev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Quyonlar bayram oldi sovg‘asi bo‘ldi