16:19 / 31.08.2020
3 276

Mashinani bayroq tusida bo‘yab bayram nishonlash buxorolikka qimmatga tushdi

Mashinani bayroq tusida bo‘yab bayram nishonlash buxorolikka qimmatga tushdi
Foto: IIV
Avtomashinasining tusini o‘zgartirgan shovvozning harakatlariga chek qo‘yildi, deyiladi IIV axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, 1987 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan T. F. 2020 yil 31 avgust kuni soat 10:40 larda Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi bo‘ylab o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli transport vositasini O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tusida bo‘yab o‘zgartirib, shaxsiga oid va boshqa tegishli hujjatlarsiz harakatlanib yurganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qonuniy chora ko‘rish uchun transport vositasi tegishli tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashinani bayroq tusida bo‘yab bayram nishonlash buxorolikka qimmatga tushdi