23:33 / 31.08.2020
1 243

Bugun yurtimizda koronavirus bo‘yicha vaziyat qanday kechdi?

Bugun yurtimizda koronavirus bo‘yicha vaziyat qanday kechdi?
Shu yilning 31 avgust kuni mamlakatimizda 365 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent hamda Namangan viloyatlarida jami 456 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 41 893 nafar bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)