16:25 / 01.09.2020
1 306

Ertaga imtihon. Abituriyentlarga muhim eslatmalar!

Ertaga imtihon. Abituriyentlarga muhim eslatmalar!
Foto: O‘zA
Ertaga, 2 sentabrdan boshlab test sinovlari hamda ayrim yo‘nalishlarga ijodiy imtihonlar boshlanadi. 1 yarim million talabgorlar bilimda o‘z omadini sinab ko‘rishadi.
Shunga ko‘ra, «Xushnudbek.uz» kanali abituriyentlar uchun eng muhim eslatmalarni yig‘ib chiqdi:

Test sinovlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi:
1-smena — 08:00 dan 11:00 gacha;
2-smena — 17:00 dan 20:00 gacha.

Abituriyentlarni testga kiritish:
1-smena — 06:30 dan;
2-smena — 15:30 dan boshlanadi.

Abituriyentlar testga kamida 1 soat vaqtliroq borgani o‘zlari uchun foydali.
Kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Testga kirish uchun atigi 2 ta hujjat kifoya qiladi:
1) pasportning originali;
2) abituriyent ruxsatnomasi.
  • Pasport nusxasi (kopiya), haydovchilik yoki harbiy guvohnoma kabi hujjatlar o‘tmaydi. Albatta pasportning originali bo‘lishi kerak;
  • abituriyent ruxsatnomasini abitur.dtm.uz saytidagi abituriyentning shaxsiy kabinetidan yuklab olish mumkin (yo‘riqnoma);
  • agar shaxsiy kabinetga kira olmayotgan bo‘lsangiz, unda yanada osonroq yo‘li abitur.dtm.uz/allow manzilidan ham yuklab olsa bo‘ladi;
  • abituriyent ruxsatnomasida test sanasi, vaqti, joyi, sektor va guruh raqami aks etgan bo‘ladi;
  • abituriyent ruxsatnomasini printer orqali qog‘ozga chop etib olish kerak. Oq-qora rangda chop etsa ham bo‘ladi, rangli printerdan chiqarish shartmas;
  • Abituriyent ruxsatnomasi abituriyent qayd varag‘i bilan almashtirmaslik kerak. Hujjatning yuqori qismida «ABITURIYENT RUXSATNOMASI» degan yozuv bo‘lishi kerak. Ko‘pchilik «ABITURIYENT QAYD VARAQASI» degan hujjat bilan adashtirib qo‘yyapti.

Testlar qaysi stadion va xiyobonlarda bo‘lishi hamda ularning joylashgan joyini mana bu sahifa orqali ko‘rish mumkin.
  • testga ruchka olib borish shart emas, o‘sha yerda tarqatishadi;
  • testga kirish uchun talab etilgan aniq bir kiyim (forma) yo‘q. Abituriyentlar o‘ziga qulay ko‘rinishda kiyinishlari mumkin, kiyim rangi ham muhim emas;
  • testda 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol beriladi. 1-fan uchun 3,2 ball, 2-fan uchun 3,1 ball. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball - 189 ball;
  • testga jami 3 soat vaqt beriladi (javoblarni bo‘yash shuning ichida). Xorijiy tilda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarga 1 ta fan uchun 1 yarim soat vaqt beriladi (javoblarni bo‘yash shuning ichida);
  • karantin talablari sababli joriy yilda test sinovlarida ota-onalar uchun kutib turish joylari qilinmaydi, shu sababli imkon qadar kuzatuvchilarsiz borishga harakat qiling;
  • uzoq tumanlardan viloyat markazlariga testga borib-kelish uchun maxsus bepul avtobuslar tashkil qilinadi. Bu avtobuslar majburiy emas, istaganlar shaxsiy mashinasida yoki taksida borishi ham mumkin;
  • test jarayonlarini test2020.uz sayti (hozir ham ishlab turibdi) yoki maxsus telekanal orqali onlayn tomosha qilish mumkin.

Eng asosiysi test sinovlaridan qo‘rqmang. Hayajon bo‘ladi, bu tabiiy, hayajon bo‘lgani bir hisobdan yaxshi ham. Ammo bu vahimaga aylanib ketmasin. Xotirjamlikni yo‘qotmang, diqqatingizni bir yerga jamlang, ichingizda o‘zingiz sevgan duolarni qaytaring, o‘z bilimingizga ishoning!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)