18:55 / 01.09.2020
2 733

Yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

Yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat berildi
Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020 yil 5 sentabrdan boshlab:

yo‘nalishli taksida («Damas» rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yo‘lovchi tashish faoliyatiga. Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

- yo‘nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta’minlash;

- yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘nalishli taksilar faoliyatiga ruxsat berildi